"Navoiy Hirotda, Kobulda Bobur" – safariga oid davra suhbati o‘tdi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining "She’riyat xiyoboni" loyihasining navbatdagi adabiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Jadid” gazetasi tahririyati tomonidan tashkil etilgan “Navoiy Hirotda, Kobulda Bobur” loyihasi doirasida tarixiy safar ishtirokchisi — gazeta tahririyati xodimi Shahriyor Shavkat bilan ijodiy uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ijodkorlar, ziyolilar va keng jamoatchilik qatnashgan ushbu ma’rifiy kecha buyuk mutafakkirlarimizning Afg‘oniston zaminidagi tarixiy majmualari, ularning hayot yo‘li va ijodiy merosi haqida o‘zaro fikr almashish maydoniga aylandi.
Uchrashuv davomida Shahriyor Shavkat Hirot va Kobul shaharlariga qilgan safari, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur qadamjolarini ziyorat qilish chog‘ida olgan yorqin taassurotlari, shuningdek, u yerdagi tarixiy obidalarning bugungi holati haqida batafsil gapirib berdi.
Davra suhbati tarixiy xotirani jonlantirish, o‘zbek adabiyoti darg‘alarining bebaho merosini o‘rganish hamda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
[gallery-28845]
Ishtirokchilar qizg‘in muloqot davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, erkin munozaralarda faol qatnashdi.
N.Usmonova,
A.Alijonov (surat), O‘zA