«Napoli» Gabriel Jezus transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Jezusning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi.
«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus faoliyatini «Napoli»da davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romano Ge Globo ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Italiya klubi vakillari braziliyalik futbolchining atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan va tomonlar muzokaralarni boshlagan.
Muhim jihati, «Arsenal» futbolchini faqat to‘liq transfer asosida sotishga tayyor. London klubi Jezusni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqchi emas.
Shuningdek, 29 yoshli hujumchining manfaatlarini «Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan ham ishlaydigan agentlik himoya qilishi qayd etilgan.
Gabriel Jezusning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, braziliyalik futbolchining bozor qiymati 17 million yevroni tashkil etadi.