Bugun O'zbeksiton Superligasining 16-turidan o'rin olgan navbatdagi bellashuvlar bo'lib o'tadi
Bugunga 3ta uchrashuv belgilangan.
Bugun O'zbeksiton Superligasining 16-turidan o'rin olgan navbatdagu bellashuvlar bo'lib o'tadi.
Bugun O‘zbekiston Superligasining 16-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Kunning dasturidan Surxon — Navbahor, Lokomotiv — Dinamo hamda Xorazm — Mash’al bahslari o‘rin olgan.
Surxon — Navbahor
Termizda turning qiziqarli uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tadi. 12-o‘rinda borayotgan Surxon 5-pog‘onadagi Navbahorni qabul qiladi.
Surxon 15 ta uchrashuvdan keyin 18 ochko jamg‘argan. Navbahor hisobida esa 25 ochko mavjud. Demak, namanganliklarda bugungi g‘alaba orqali yuqori o‘rinlar uchun kurashdagi holatini yanada yaxshilash imkoniyati bor.
Jamoalar 15-turni turlicha kayfiyatda yakunladi. Surxon Qo‘qon-1912 maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Navbahor Xorazmni 5:1 hisobida tor-mor etdi. Shu tariqa har ikki klub bugungi uchrashuvga g‘alabali seriyani davom ettirish maqsadida chiqadi.
Uchrashuv soat 19:00da start oladi.

Lokomotiv — Dinamo
Toshkentda turnir jadvalidagi qo‘shnilar — Lokomotiv va Dinamo o‘zaro to‘qnash keladi.
15 turdan so‘ng Lokomotiv 22 ochko bilan 7-o‘rinda, Dinamo esa 21 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda. Jamoalarni atigi bir ochko ajratib turibdi. Shu sabab bu uchrashuv turnir jadvali nuqtayi nazaridan ham katta ahamiyatga ega.
O‘tgan turda Lokomotiv Buxoroga safarda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dinamo esa chempionat peshqadami Neftchi bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Bellashuvga 19:30da stert beriladi.

Xorazm — Mash’al
Urganchdagi bahsda turnir jadvalining quyi qismida borayotgan ikki jamoa o‘zaro kuch sinashadi.
Xorazm 15 uchrashuvda 16 ochko jamg‘arib, 14-o‘rinni egallab turibdi. Mash’al esa 4 ochko bilan so‘nggi — 16-pog‘onada. Muborakliklar 15 tur davomida atigi bir marta g‘alaba qozongan.
Har ikki jamoa 15-turni yirik mag‘lubiyat bilan yakunladi. Xorazm Namanganda Navbahorga 1:5, Mash’al esa o‘z maydonida So‘g‘diyonaga 1:3 hisobida yutqazdi.
Jamoalarning mavsumdagi birinchi o‘zaro uchrashuvida esa Xorazm Mash’alni safarda 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Bugun Mash’al o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh olishga, Xorazm esa quyi pog‘onalardan uzoqlashishga harakat qiladi.
Bahs 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
