Namanganda yirik kompleks barpo etilmoqda
Loyihaning birinchi bosqichi 2021-yilning 3-choragida ishga tushirilishi moʻljallangan.
Namangan shahrida “Merrymed Farm” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 31 million AQSH dollarini tashkil etadigan yirik kompleks barpo etilmoqda.
Loyiha asosida shaharning shimoliy aylanma yoʻlidagi 6,5 gektar maydonda mehmonxona, gipermarket, restoran, biznes markazi, 16 qavatli turar joy, zamonaviy klinika va bolalar bogʻchasi qurilishi olib borilmoqda.
2019-yilda qurilishi boshlangan mazkur kompleks toʻla quvvat bilan faoliyat boshlasa, 400 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.
Loyihaning birinchi bosqichi 2021-yilning 3-choragida ishga tushirilishi moʻljallangan.
