Namanganda karting bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati finali o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlangan 2026-yilgi sport tadbirlari rejasiga muvofiq karting bo‘yicha yoshlar o‘rtasida ochiq O‘zbekiston chempionatining final bosqichi o‘tkazildi.
Uchqo‘rg‘on tumanidagi kartadromda 3–5-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari, shuningdek, yurtimizning turli hududlaridan jami 85 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar MIKRO, MINI, SUPERMINI, OK-JUNIOR, PATRIOT, KF, KZ va T-4 PATRIOT sinflari bo‘yicha bahs olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, jamoalar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent shahri, 2-o‘rinni Namangan viloyati va 3-o‘rinni Toshkent viloyati egalladi.
[gallery-28582]
G‘oliblarni taqdirlash marosimida mutasaddi tashkilotlar vakillari, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hotam MAMADADIEV (surat), O‘zA