Terma jamoamizning Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi ma’lum
Joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida futbol bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 48 ta terma jamoasi 12 ta guruhga bo‘lingan holda mundial bosh sovrini uchun o‘zaro kuch sinashadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi mazkur musobaqada ishtirok etadigan futbolchilarni e’lon qildi.
Tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Neftchi”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”).
Himoyachilar: Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), Jahongir O‘rozov (“Dinamo”), Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Abdulla Abdullayev (“Dibba”, BAA), Farrux Sayfiyev (“Neftchi”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”), Behruz Karimov (“Surxon”).
Yarim himoyachilar: Sherzod Esanov (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Jasur Jaloliddinov (“So‘g‘diyona”), Aziz G‘aniyev (“Al Batayeh”, BAA), Umarali Rahmonaliyev (Sabah, Ozarbayjon).
Hujumchilar: Abbos Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron), Ruslan Jiyanov (“Navbahor”), Aziz Amonov (“Dinamo”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”),Igor Sergeyev (“Persepolis”, Eron), Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Sherzod Temirov (“Erbil”).
Bosh murabbiy Fabio Kannavaro.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA