Namanganda 6 nafar yoshga yangi xonadonlar kaliti topshirildi
FOTOREPORTAJ
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Namangan viloyatida 6 nafar yoshga «Orzu City» turar-joy majmuasidan zamonaviy xonadonlar kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, keng jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etib, yangi xonadonlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va yoshlarga ezgu tilaklar bildirdi.
[gallery-31194]
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda viloyatda davlat ko‘magiga muhtoj 28 nafar yigit-qizni zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, viloyatda «Yoshlarga hamrohlik» dasturi doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 79 nafar yosh oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlov kurslariga yo‘naltirildi, 5 nafar talabaning shartnoma to‘lovi qoplab berildi, 75 nafar yosh haydovchilik guvohnomasi olishiga ko‘maklashildi, 23 nafar yigit harbiy xizmatga yo‘llanma oldi. Shuningdek, 61 nafar bola zarur kiyim-kechak bilan ta’minlandi, ota-onasi xorijda bo‘lgan 4 ming 296 nafar bolaga ma’naviy va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.
Ta’kidlanganidek, bunday tashabbuslar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga qadam qo‘yishi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA