Milliy gvardiya xodimlari “Zakovat”da bellashdi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya hamda “Zakovat” klubi hamkorligida Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida “Zakovat” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
51 ta jamoa ishtirok etgan murosasiz bellashuv yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
Jumladan, 1-o‘rinni “Favorit” jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin “Yangi O‘zbekiston” jamoasiga, 3-o‘rin “Aura” jamoasiga nasib qildi.

G‘oliblar diplom, esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Musobaqada 1-o‘rinni egallagan “Favorit” jamoasiga maxsus kubok topshirildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA