“Media haftalik” yakunlandi
Navoiy viloyatida ommaviy axborot vositalari xodimlari, davlat organlari matbuot xizmatlari va kontent yaratuvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Media haftalik” tadbirlari yakunlandi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Haftalik doirasida ishtirokchilar amaliy keyslar tahlili, zamonaviy kontent yaratish usullari, axborot xavfsizligi, jurnalistikaning kasbiy etikasi hamda siyosiy jarayonlarni yoritishdagi mas’uliyat kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi. Mashg‘ulotlar nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida tashkil etildi.
[gallery-29346]
“Media haftalik” mediaforum bilan yakunlandi. Unda so‘zga chiqqanlar mazkur loyiha shunchaki tadbir emas, balki g‘oyalar maydoni, imkoniyatlar eshigi va kelajak mediasini yaratayotgan yoshlar platformasi ekanini alohida ta’kidladi.
Mediaforum yakunida barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan sertifikatlar topshirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ewQlqg_5mSk" title="“Media haftalik” yakunlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Siroj ASLONOV (surat va video), O‘zA