MBFITI Xitoy va Indoneziya bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Xitoyning Siyuan klinikasi hamda Indoneziyaning Udayana universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatildi.
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur uch tomonlama kelishuv Xitoy Xalq Respublikasida TSM prezidenti tomonidan tashkil etilgan yirik «Alliance Forum» doirasida imzolandi. Ushbu shartnoma xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

Forumda TSM prezidenti O‘zbekistonni keng imkoniyatlar eshigi sifatida ta’riflab, Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti TSMning O‘zbekistondagi vakili ekanini alohida ta’kidladi.
Forum strategik hamkorlikning keyingi bosqichlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati bilan davom etdi. Tomonlar imzolangan kelishuv doirasidagi navbatdagi qadamlar hamda hamkorlikni amaliy rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
M.Qosimova, O‘zA