Mbappe Messi va Neymar bilan birga o‘ynagan vaqtlarini esladi
Messi paydo bo‘ldi va to‘qqiztadan to‘qqizta gol urdi va barchamizda hayratga soldi.
Fransiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe PSJda Messi va Neymar bilan o‘ynagan vaqtlari haqida gapirdi.
"Messi - o‘ziga xos. U hamma narsani ideal tarzda bajaradi. Esimda, bir kuni mashg‘ulotlarda jarima zarbalarini mashq qilgandik va biz Neymar bilan eng yaxshi natijani ko‘rsatgan edik. O‘nta urinishdan 6 yoki 7ta gol urgandik. Ammo keyin Messi paydo bo‘ldi va to‘qqiztadan to‘qqizta gol urdi va barchamizda hayratga soldi. Neymar esa shunchaki sho‘kda edi", - dedi fransuz.
Ma’lumot uchun, ayni damda Messi "Inter Mayami"da, Neymar esa "Santos"da to‘p tepmoqda.