Domenik Solanke jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin
Bunday jarohatdan tuzalish uchun 3 haftadan 8 haftagacha vaqt talab etilishi mumkin. Karim
Domenik Solanke jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin
Angliya terma jamoasi va Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Domenik Solanke uchun mavsum yakuniga yetdi.
Solanke "Tottenxem"ning "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinida jarohat olgan edi. London klubi hozircha futbolchi haqida hech qanday ma’lumot berganicha yo‘q. "The Telegraph" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, dastlabki tekshiruvdan so‘ng Solankening tizza osti payining ikkinchi darajali jarohati bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bunday jarohatdan tuzalish uchun 3 haftadan 8 haftagacha vaqt talab etilishi mumkin. Shu tariqa, angliyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Bundan tashqari, futbolchi jahon chempionatidan ham chetda qolishi mumkin.