Manfaatdorlik tufayli hosildorlik oshdi
Pilla Farg‘ona viloyatining brendi darajasiga chiqqan edi. Ammo vaqtlar kelib, viloyatda uni yetishtirish hajmi keskin qisqarib ketdi va buning ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablari bo‘lgandi.
So‘nggi yillarda esa avvalo pillakor qadri e’zozlandi. U vaqtinchalik qurtxonalar bilan ta’minlandi, ish haqi tayinlandi, xarid narxi oshirildi. Ilg‘orlar taqdirlandi. Natijada 2026-yilda uzoq yillardan so‘ng ilk bor umumiy hosil 3 ming tonnalik marrani bosib o‘tdi. Aniqroq aytilsa, viloyat pillakorlari yilning birinchi mavsumi uchun shartnomaviy rejani ortig‘i bilan bajarib, qabul shoxobchalariga qariyb 3 ming 238 tonnadan ziyod sifatli xomashyo topshirdi.

Pillachilikda boy tajriba to‘plagan mutaxassislar mahalliy iqlimga mos serhosil navli pilla qurti parvarishlagani yutuqlar omili bo‘ldi. Mavsum “bir xonadonga bir quti ipak qurti” tamoyili asosida tashkil etildi.
Eng muhimi, pillakorlarning moddiy manfaatdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berib, yuqori hosildorlikka erishildi.

Ayniqsa, Beshariq, Yozyovon va Farg‘ona tumanlari pilla topshirish rejalarini birinchi bo‘lib uddaladilar.
Farg‘onada hali pilla topshirish davom etmoqda.
Muhammadjon Obidov, O‘zA