Ma’mun oliygohi OAV nigohida
Ma’mun universitetida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Jurnalist va blogerlar dastlab universitet hududi, auditoriyalar, zamonaviy infratuzilma hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar zamonaviy ta’lim muhiti, ilmiy salohiyat hamda yangi tashkil etilgan “Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion rivojlanish markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ilmiy markaz faoliyatiga oid taqdimotda markazning asosiy yo‘nalishlari, ilmiy loyihalari va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, filologiya fanlari doktori, dotsent Beruniy Alimov tomonidan “Yoshlarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va media savodxonlikni oshirish” mavzusida trening o‘tkazildi.
Trening davomida ishtirokchilar internet xavfsizligi, media savodxonlik hamda axborotlarni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldi.
[gallery-28430]
Press-tur yakunida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga oliygoh ma’muriyati va mutaxassislari javob berdi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat), O‘zA