“Maktab bozorlari”da narx-navo qanday? (+video)
Yozgi ta’til yakuniga yetay deb qolgan bir pallada maktab bozori boshlanadi. Bolajonlarda maktab sog‘inchi, ota-onalarda esa arzonroq bozorni topib, farzandini kiyintirish tashvishi. Xo‘sh, bugun bozorlarimizda maktab qurollari, kiyim-boshlar arzonmi? Biz eng zarur bo‘lgan o‘quv qurollari, o‘quvchi kiyimining narxini aniqlashga harakat qilib ko‘rdik.
“Eski juva dehqon bozori” AJ hududidagi maktab yarmarkalari aynan shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Barchamiz farzandimizga eng yaxshisini, ko‘rkam, sifatli kiyim, poyabzal, o‘quv qurollarini xarid qilishni istaymiz. Tanlov keng bo‘lsa, yana hamyonbop bo‘lsa “nur ustiga a’lo nur”.
Bozordagi sotuvchilardan bildikki, maktab o‘quvchilariga jami o‘quv qurollari 230-250 ming so‘mga tushar ekan. O‘quvchi kiyimlari: ko‘ylagi va shimi 250 ming so‘m, maktab sumkalari 130-250 ming so‘mgacha sotilmoqda. Bunga poyabzal va ichki kiyimlarini qo‘shib hisoblaganda o‘rtacha 1 mln so‘mga borar-bormas har bir bolaga sarflanmoqda.
O‘quv mavsumi oldidan narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olish maqsadida mas’ullar biriktirilib, sotuvchilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bozor ma’muriyati maktab yarmarkasi uchun qulay joylarni ajratib, tadbirkorlarga yetarlicha shart-sharoit yaratib beryotir.
Yozning issiq kunlarida maktab bozori deb ota-onalar uzoq hududlarda sarson bo‘lmasliklari uchun aholi gavjum joylarda maktab yarmarkalari tashkil etilmoqda. Maqsad ota-onalar farzandlari bilan tiqilinchlarda qolib ketishlarining oldini olish, o‘zlariga ma’qul bo‘lgan mahsulotlarni yashash hududlariga yaqin joylarda, maqbul narxlarda sotib olishlariga ko‘maklashishdir.
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/7B2t4uoLvhQ" title="“Maktab bozorlari”da narx-navo qanday?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA