Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish: manzilli o‘rganish va tahlil (+video)
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha qabul qilingan qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari Baxriddin Valiyev raisligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatida o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yig‘ilishda dastlab jinoyatchilikni oldini olish borasida o‘tgan yilgi tizimli ishlash samarasi yuzasidan gapirilib, joriy yilgi rejalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yumushlar haqida so‘z yuritildi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi birinchi o‘rinbosari va qator vazirliklar mutasaddilari, Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati, oliy harbiy ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muasssasa rektorlari bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi va huquq-tartibot idoralari vakillari qatnashgan yig‘ilishda mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha har bir tuzilmaga aniq vazifalar biriktirilganligi va Toshkent viloyatida bu borada bajarilgan, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqilishi, joylarda o‘rganishlar olib borilishi aytildi.
Dastlabki manzil Nurafshon shahrida joylashgan CYBER universiteti bo‘ldi. Tashrif davomida ishchi guruh tomonidan universitetda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari, talabalarning bilim salohiyati, yaratilgan shart-sharoitlar tanishib, talabalar bilan ishlash tartibi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi.
Bir so‘z bilan aytganda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish — bu nafaqat huquq-tartibot idoralarining vazifasi, balki har bir fuqaroning ogohligi va hamjihatligiga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy mas’uliyatdir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/AoqMArDhQPU?si=NTtMz85w0E7NowGU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA