Toshkentda Favvoralar kuniga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri oldida 1-may — Favvoralar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida konsert dasturi namoyish etildi. Unda taniqli estrada xonandalari, ijodiy jamoalar hamda yosh ijrochilar ishtirok etib, o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Musiqiy dasturlar, raqs kompozitsiyalari hamda milliy va zamonaviy qo‘shiqlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
[gallery-29148]
Bayramona muhitda o‘tgan tadbir poytaxt ahli va mehmonlariga yuqori kayfiyat bag‘ishlab, bahor faslining go‘zalligini yanada yorqin namoyon etdi. Konsert dasturi davomida sahna va favvoralar uyg‘unligi tadbirga o‘ziga xos fayz bag‘ishladi.
Favvoralar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu bayram tadbiri poytaxtda madaniy-ma’rifiy hayotni yanada boyitishga xizmat qildi.
Kamola YUSUPOVA, Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA