Madridliklar Tuhelning Bellingem bo‘yicha qarorlariga tushunmayapti
"Real Madrid" rahbariyati Tuheldan norozi.
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Angliya terma jamoasining mart oyidagi FIFA kunlari uchun yig‘iniga jalb etildi. Biroq futbolchi Urugvayga qarshi bahs uchun inglizlarning qaydnomasidan ham joy olmadi. Ikkinchi uchrashuvda Yaponiya bilan o‘yinda zaxirada qoldirildi. "Marca" nashri bergan xabarga ko‘ra, "Real" Bellingemning nima sababdan terma jamoaga chaqirilganini tushunmayapti. Avvaliga Tuhel yarim himoyachiga dam berishga qaror qilgani haqida gapirgan edi. Ammo klubdagilar Judning Madridda qolib mashg‘ulotlar o‘tkazishi foydaliroq deb hisoblashmoqda.
"Uch sherlar" dastlabki o‘yinda Urugvay bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi bahsda Yaponiyaga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.