"Liverpul" hujumchisi Ekitike jarohati sababli mundialga bormasligi tasdiqlandi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham hujumchi Ugo Ekitikening kelayotgan yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etmasligini tasdiqladi.
Ekitike seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan "Liverpul" va "PSJ" o‘rtasidagi uchrashuvda jarohat olgan edi.
"Afsuski, jarohatning og‘irligi Ekitikega mavsumni "Liverpul" safida yakunlashga va jahon chempionatida ishtirok etishga imkon bermaydi. Ushbu jarohat — u uchun ham, Fransiya terma jamoasi uchun ham jiddiy zarbadir. Men unga o‘zining to‘liq qo‘llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman", — deya Deshamning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Fransiya futbol federatsiyasi.
JCh-2026 guruh bosqichida Fransiya terma jamoasi Senegal, Iroq va Norvegiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi.