Fransiya bosh murabbiyi Didye Desham qachondan «Real» boshqaruvini qo'lga olishi mumkinligi aytildi
Kelayotgan yozda Fransiya terma jamoasini tark etadigan taniqli mutaxassis Didye Desham Madridning «Real» klubida ish boshlashi mumkin. Bu haqda «The Athletic» nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, murabbiy JCh-2026 yakunlanganidan so‘ng «qirollik klubi» boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, mundial 11-iyundan 19-iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi.
Hozirgi vaqtda «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi lavozimini ispaniyalik mutaxassis Alvaro Arbeloa egallab turibdi. Ushbu murabbiy qo‘l ostida Madrid jamoasi UEFA Chempionlar ligasining chorak final bosqichida turnirni tark etdi, La Ligada esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.