Kuchli, birlashgan, iqtisodiy jihatdan bog‘langan, ochiq va barqaror Markaziy Osiyo barcha sheriklarimizning strategik manfaatlariga javob beradi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.
–O‘zbekiston ming yillar davomida Buyuk ipak yo‘lining yuragi bo‘lib kelgan. Samarqand, Buxoro va Toshkent orqali nafaqat mahsulotlar tashilgan, balki g‘oya va bilimlar, madaniy va diniy an’analar bir-birini o‘zaro boyitib kelgan. Shuning uchun ham ochiqlik biz uchun doimo tanlov emas, balki hayotiy zarurat va sivilizatsiya kodi hisoblangan. Hozirgi kunda u yangicha ma’no-mazmun kasb etib bormoqda.
O‘zbekiston va umuman, Markaziy Osiyo mustaqil iqtisodiy o‘sish markaziga aylanmoqda. Bu mintaqada kelajakning transport, texnologiya va demografiya sohalaridagi qiyofasi namoyon bo‘lmoqda. Ushbu makonda Shimol va Janub, G‘arb va Sharq o‘rtasidagi asosiy kommunikatsiyalar chorrahasi shakllanmoqda.
Kuchayib borayotgan ayni tendensiyani yanada mustahkamlash uchun bizga sifat jihatidan yangi darajadagi bog‘liqlik nihoyatda zarur. Bu o‘rinda nafaqat an’anaviy transport-logistika va energetika yo‘laklarini birlashtirish, balki raqamli, to‘lov va ishlab chiqarish infratuzilmalarini integratsiya qilish haqida ham so‘z bormoqda. Kuchli, birlashgan, iqtisodiy jihatdan bog‘langan, ochiq va barqaror Markaziy Osiyo barcha sheriklarimizning strategik manfaatlariga javob beradi, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA