Kredit qarzdorligini boshqa shaxs nomiga o‘tkazsa bo‘ladimi?
Huquqiy munosabat
Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga binoan, qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev quyidagicha ma’lumot berdi:
–Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha e’tirozlarni kreditor talabiga qarshi qo‘yishga haqli.
Agar kafil yoki garovga qo‘yuvchi yangi qarzdor uchun javob berishga rozi bo‘lmasalar, qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor bo‘ladi.
Demak, bank rozi bo‘lsa yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA