Kosonsoyda ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi jadal davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumani Tagijar mahallasida ichimlik suvi tarmog‘ini qurish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Loyihani belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish maqsadida qurilish jarayoni doimiy nazoratga olingan.
Qurilish ishlarini tezlashtirish uchun ob’ektga qo‘shimcha maxsus texnikalar jalb qilinib, yana 10 nafar malakali mutaxassis ishga safarbar etildi. Bu esa qurilish-montaj ishlarining sur’atini yanada oshirish imkonini bermoqda.
[gallery-30743]
Loyiha doirasida umumiy uzunligi 24 kilometr bo‘lgan yangi ichimlik suvi tarmog‘i barpo etiladi. Natijada mazkur mahalladagi 1 036 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 5 ming nafardan ortiq aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu esa aholining turmush sifati va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Ayni paytda ob’ektda yer qazish, quvur yotqizish hamda qurilish-montaj ishlari jadal davom etmoqda. Mas’ullar tomonidan loyihani belgilangan muddatdan oldin yakunlash va aholini sifatli hamda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayapti.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA