Kongoda Ebola qurbonlari 82 nafarga yetdi
Kongoda Ebola isitmasidan halok bo‘lganlar 82 kishiga yetdi, deb yozgan TASS.
Afrikaning ushbu mamlakati Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida tasdiqlangan shunday holat 18 ta ko‘paydi. Mazkur kasallik tufayli yana 71 fuqaro ro‘yxatga olinib, ushbu ko‘rsatkich 452 taga yetdi. Infeksiya yuqtirganlarning ko‘pchiligi ayollar.
Mas’ul idora bunday sezilarli o‘sish nafaqat zararkunanda tarqalishi, balki tibbiy guruhlar epidemiya markazi hisoblangan Ituri muzofotining borish qiyin hududlariga kirish imkonini topgani bilan ham bog‘lamoqda. Masalan, ilgari qurolli guruhlar Uganda bilan chegaradosh Mahagi tumanida tibbiy amaliyot o‘tkazishga to‘sqinlik qilgan.
Kongo Demokratik Respublikasi va Uganda rasmiylari 15-may kuni yangi Ebola epidemiyasi boshlanganini e’lon qildi. Afrika Ittifoqi ma’lumotida hozirgi vaziyat 1976-yil virus paydo bo‘lgandan buyon kuzatilayotgan eng og‘ir holat ekaniga urg‘u berilgan.
G.Sattorova, O‘zA