Kichik orzudan boshlangan katta yo‘l (+video)
Har bir katta ish kichik bir orzudan boshlanadi. Qahramonimiz Ozodbek ana shunday orzular ortidan borib, o‘z mehnati va intilishi bilan sezilarli natijalarga erishayotgan yosh iste’dod egasidir.
U yillar davomida kichik qadamlardan boshlab, muhim loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda u o‘z qiziqishlarini zamonaviy kasblar bilan uyg‘unlashtirib, grafik dizayn, motion grafika va video montaj yo‘nalishlarida izchil rivojlanmoqda.
Mazkur sohalar murakkabligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Grafik ilovalardagi turli funksiyalar, vizual elementlar va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish har kimdan ham katta sabr va qiziqish talab qiladi. Ozodbek esa bu yo‘lda o‘z ijodiy yondashuvi va mehnatsevarligi bilan ajralib turadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/o3zBzCdtIyI?si=BLUmMQWj6m4OOPBN" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov
O‘zA