Kelajak yoshlar g‘oyalari bilan quriladi
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida “Kelajak yoshlar g‘oyasi bilan quriladi” mavzusida keng ko‘lamli festival tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalar, startap g‘oyalar va amaliy loyihalar taqdimotlari namoyish etildi.

Yoshlarning ijodkorligi, tashabbuskorligi va zamonaviy bilimlarga intilishi mehmonlar tomonidan yuqori baholanib, bunday loyihalar kelajak taraqqiyotining muhim omili ekani alohida ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, mazkur tadbir ta’lim tizimidagi ilg‘or yondashuvlarni ommalashtirish, yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.

Festival yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish hamda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida muhim fikr va takliflar bildirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA