Jurnalistlar harbiylar hayoti bilan tanishdi (+video)
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Nukus dala o‘quv maydonida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur o‘tkazildi.
Tadbir muddatli harbiy xizmatchilarning “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida kasb-hunar egallash jarayonlari, ularning jangovar tayyorgarligi, xizmat faoliyatida erishayotgan yutuqlari bilan jurnalistlarni yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarimizda yosh avlodni nafaqat Vatan himoyasiga tayyorlash, balki ularni hayotda mustahkam o‘rin egallashiga xizmat qiladigan kasb-hunarlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili aynan ana shu ezgu maqsadning amaliy ifodasi bo‘lib, harbiy xizmat davomida askarlarga zamonaviy mutaxassisliklarni puxta o‘zlashtirish imkonini yaratmoqda. Press-tur davomida OAV vakillari Nukus dala o‘quv maydonidagi o‘quv nuqtalarida bo‘lib, muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini kuzatdi.
[gallery-30149]
Harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan amaliy ko‘nikmalar, qurol-aslahalar bilan ishlash mahorati, taktik harakatlar, jismoniy tayyorgarlik va mutaxassisliklari bo‘yicha egallagan bilim ko‘nikmalar hamda xizmatga bo‘lgan mas’uliyat jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan yashash va xizmat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Zamonaviy yotoqxonalar, maishiy xizmat xonalari, o‘quv maskanlari, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport majmualari hamda mazmunli hordiq uchun yaratilgan imkoniyatlar harbiy qismda inson omiliga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin namunasi sifatida e’tirof etildi.
Harbiy xizmat – bu nafaqat qurol tutish, balki intizom, fidoyilik, sabr-toqat va mas’uliyat maktabidir. Nukus dala o‘quv maydonida xizmat qilayotgan yosh askarlarning Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati, harbiy burchga sadoqati va yuksak vatanparvarlik ruhida olib borayotgan faoliyati press-tur qatnashchilarida chuqur faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pbNlQso7qD4" title="Jurnalistlar harbiylar hayoti bilan tanishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA