JCh-2026 hakami jinsiy tegajog‘likda ayblanib hibsga olindi
Britaniyaning The Sun nashri navbatdagi jahon chempionati o‘yinlarini boshqarishi kerak bo‘lgan hakamning hibsga olingani haqida xabar berdi.
Hakamning ismi oshkor qilinmagan, biroq uning ingliz emasligi aniqlashtirilgan.
Hibsga olinishga voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilish sabab bo‘lgan.
«Ular mehmonxonada tanishgan ko‘rinadi, hakam voyaga yetmagan qizni uning irodasiga qarshi ravishda ushlab ko‘rganlikda va hatto uni o‘z xonasiga kiritishga urinishda ayblanmoqda», — deb yozadi Britaniya nashri.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11-iyun kuni start oladi va bir vaqtning o‘zida uchta mamlakatda — Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.