Dibala Argentina termasiga qaytish uchun nimalar qilishi kerakligini aytdi
«Roma» hujumchisi Paulo Dibala Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatlari haqida gapirdi.
Forvard «albiseleste» qaydnomasidan joy olish unga oson bo‘lmasligini tushunib turibdi.
«Milliy terma jamoaga kirish qiyin bo‘ladi. Men o‘z ritmimni topishim va klubda barqarorlikni saqlab qolishim kerak. Ha, maqsadim — jahon chempionatida o‘ynash, biroq birinchi navbatda klubda yaxshi sport formasida bo‘lishim lozim. Jarohatlar tufayli Argentina terma jamoasining bir nechta yig‘inlarini o‘tkazib yubordim. Argentina kabi terma jamoada esa to‘xtab qolish mumkin emas. Men murabbiyga nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatib qo‘yishim kerak», — deya Dibalaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline nashri.
Ma’lumot o‘rnida, Paulo Dibala oxirgi marta Argentina terma jamoasi safida 2024-yilning sentyabr oyida maydonga tushgan edi.