Janubiy Koreyaning mashhur "BTS" guruhi tufayli mamlakatga tashrif buyuruvchi sayohlar soni rekord darajaga yetdi
Janubiy Koreya joriy yilning birinchi choragida rekord darajadagi xorijlik sayyohlarni kutib oldi. Bunga "K-pop" megayulduzi "BTS"ning mart oyida Seul markazida bo‘lib o‘tgan shov-shuvli konsertiga tashrif buyurgan muxlislarning ko‘pligi sabab bo‘ldi, deb yozmoqda “Yonhap” axborot agentligi.
O‘lkaning Madaniyat, sport va turizm vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar-mart oylarida mamlakatga 4,76 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 23 foizga ko‘p va birinchi chorakdagi rekord ko‘rsatkichdir. Taxminan 1,45 million xorijiy tashrif buyuruvchilar soni Xitoyga to‘g‘ri keldi.

- Koreys madaniyatining jahon miqyosida mashhurligi yurtimizning yetakchi sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi maqomini mustahkamlashga yordam berdi, - deydi Madaniyat, sport va turizm vazirligi huzuridagi Turizm siyosati boshqarmasi bosh direktori Kan Chjon Von jurnalistlarga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni “BTS” guruhi Сеулдаги ”Kvanxvamun” maydonida deyarli to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng qaytishlarini nishonlash uchun bepul konsert berdi.
G.Sattorova, O‘zA