Jadidlar — millat qahramonlari: Hodi Fayziy (+video)
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida ma’rifatparvar jadidlardan biri — Hodi Fayziy haqida ma’lumot beriladi.
Hodi Fayziy 1895-yili Avliyoota (hozirgi Toroz) shahrida tug‘ilgan. Ufadagi G‘oliya yangi usul madrasasida o‘qigan.
Hodi Fayziy 1910-yil Turkistonga kelib, ma’rifatparvarlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Turkiston o‘lkasi qishloq va shaharlarida o‘qituvchilar tayyorlash kurslarini ochgan. BXSR davrida Moskvadagi o‘zbek talabalari o‘qiydigan “Buxoro maorif uyi” direktori bo‘lib ishlagan. Hodi Fayziy Samarqanddagi Kommunistik universitetda, so‘ngra Qrimdagi institutda direktorlik qilgan. U O‘zbekistondagi nashriyot taraqqiyotida ham faol qatnashgan. Iqtisodiyot nazariyasi va tarixga oid asarlar yozgan.
Hodi Fayziy 1937-yil dekabrda otib o‘ldirilgan. Hozirda Samarqand shahridagi ko‘chalardan biriga uning nomi berilgan.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FkzgPel2sZE" title="Jadidlar — millat qahramonlari: Hodi Fayziy " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA