Istiqlolga tengdosh o‘qituvchilar taqdirlandi
Ta’lim tizimida 23 290 nafar Mustaqillik tengdoshlari faoliyat yuritadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida istiqlolga tengdosh bo‘lgan ana shunday 35 nafar ustoz va murabbiylar taqdirlandi.

Tadbirda vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Mahmud Boboyorov ishtirok etdi va tizimdagi islohotlar haqida so‘z yuritib, ustozlarni samimiy tabrikladi.

Shuningdek, ishtirokchi ustozlarning soha haqidagi fikr-mulohazalari va takliflariga quloq tutildi va ularning samarali mehnati, kasbiy faoliyati davomida erishgan yutuqlari alohida e’tirof etilib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda vazirlik tizimida Mustaqillik bilan tengdosh 23 290 nafar o‘qituvchi, rahbarlar va xodimlar ta’lim dargohlarida faoliyat olib boradi.
N.Usmonova, O‘zA