Iordaniyada nogiron bolalarning 80 foizi taʼlim olish imkoniyatidan mahrum
Iordaniyadagi nogiron bolalarning 80 foizi maktablarda taʼlim olish imkoniyatidan mahrum.
Iordaniyadagi nogiron bolalarning 80 foizi maktablarda taʼlim olish imkoniyatidan mahrum. Mamlakatga koʻp sonli qochoq yoshlarning kirib kelishi esa vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatga Suriyadagi notinchliklar sabab 15 mingga yaqin imkoniyati cheklangan bolalar kirib kelgan. Hozirgi kunda ularning atigi 3 foizi maktabgacha taʼlim muassasalari yoki maktablarga jalb qilingan.
– Bunday vaziyatda inklyuziv taʼlim tizimini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega, – deydi nogiron bolalarni taʼlim jarayoniga jalb etish faoliyati bilan shugʻullanadigan “Mersey Corpus” guruhi vakili. – Taʼlim tizimidagi bunday yondashuv nogiron bola oʻsib kelayotgan oilalarda ijtimoiy adolatni kafolatlaydi, nogiron bolalarning bilim olishlarini taʼminlaydi.
Koʻpgina davlatlar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, inklyuziv taʼlim tizimi rivojlanmagan mamlakatlarda nogiron bolalarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi sust kechadi, ularning munosib ish topishida qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Yoshlar oʻrtasidagi ishsizlik esa turli muammolar va ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin, xususan, jamiyatdagi iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsir etadi. Bugungi kunda ushbu holatdan Iordaniya ham mustasno emas.