Infografika: O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik (+video)
Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishning 29–30-aprel kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
2017–2025-yillar davomida tovar aylanmasi 2,2 barobarga oshdi. Shundan,
⬅️ eksport 4 barobarga,
➡️ import esa 2 barobarga oshdi.
2025-yilda O‘zbekistonning Chexiya bilan savdo aylanmasi 190,4 mln dollarni tashkil etdi. Shundan,
⬅️ eksport – 28 mln dollar,
➡️ import – 162,4 mln dollar.
2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Chexiya investitsiyalari ishtirokida 44 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/i3toqvHXBno" title="Infografika: O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>