O‘zbekiston Prezidenti va Chexiya Bosh vaziri birgalikda daraxt ekdilar
O‘zbekiston – Chexiya oliy darajadagi muzokaralarining yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdilar.
Marosim ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuv mustahkamlanib borayotgani, O‘zbekiston – Chexiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘ldi.


