Ikki bokschimiz finalda, yana ikkisi bronza medalga sazovor bo‘ldi
Mo‘g‘uliston poytaxtida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamizning 2 nafar vakili finalga yo‘l oldi.
Jumladan, yarim finalda Aziza Zokirova hindistonlik Lovlina Borgoxainni, Abdulloh Madaminov yaponiyalik Shion Nishiyamani yengdi.
Shuningdek, ushbu bosqichda Oysha Toirova hamda Oltinoy Sotimboyeva bronza medal bilan taqdirlandi.
Bugun yana 6 nafar hamyurtimiz yarim final jangini o‘tkazadi:
-57 kg: Nigina O‘ktamova - Jaismine (Hindiston),
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Akash (Hindiston),
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Lokesh (Hindiston),
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Orazbek Assilkulov (Qozog‘iston),
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev - Minseong Kim (Janubiy Koreya),
-90 kg: Halimjon Mamasoliyev - Tog‘ambay Sagindik (Qozog‘iston).
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA