Sport kurashlari: Bugun 2 nafar hamyurtimiz finalda, 3 nafari bronza medali uchun bellashadi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda sport kurashlari bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatining kecha ortda qolgan ilk kungi bellashuvlarida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar vakili final yo‘llanmasiga ega chiqqan bo‘lsa, 3 nafar kurashchimiz bronza medali uchun kurashni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.
Final:
-55 kg: Ixtiyor Botirov – Lalit (Hindiston)
-130 kg: Rafael Sitsuashvili – Amin Mirzazoda (Eron)

Bronza medali uchun:
-63 kg: Islomjon Bahromov – Xyunvong Choi (Koreya Respublikasi)
-77 kg: Doniyorxon Nakibov – Isami Xorikita (Yaponiya) / Kaxarman Kissimetov (Qozog‘iston)
-87 kg: Muhammadqodir Rasulov / Muhammad Sultonzonda (Tojikiston) – Kumar Sunil (Hindiston)
Bugun, 7-aprel kuni chempionat dasturiga binoan 5 nafar yunon-rum kurashchimiz saralash bahslarini o‘tkazadi:
-60 kg: Alisher G‘aniyev – Xaodong Tan (Xitoy) / Kurmanbek Japarov (Qirg‘iz Respublikasi)
-67 kg: Abdumalik Aminov – Man Gvan Son (KXDR)
-72 kg: Shahzod Qo‘chqorov – Doxun Lim (Koreya Respublikasi)
-82 kg: Aram Vardanyan – Ibragim Magomadov (Qozog‘iston)
-97 kg: Abduqodir Jalilov – Melis Aytbekov (Qirg‘iz Respublikasi)
Eslatib o‘tamiz, XXII Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bahslari 8-aprelga qadar davom etadi. 8-10-aprelda ayollar hamda 10-12-aprel kunlari esa erkin kurash musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA