Ijod ahli ulug‘langan yurt
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanish va bunyodkorlik ishlari, qabul qilinayotgan Davlat dasturlarining barchasi avvalo, inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgani alohida ta’kidlandi.
Mazkur ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan tizimli tadbirlar va ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda amaliy natijalarini keng jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat e’tiboriga haqqoniy tarzda xolisona yetkazishda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining hissasi beqiyos ekani qayd etildi.
Shuningdek, tadbir davomida ko‘p yillardan beri o‘zbek jurnalistikasi rivojiga, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish kabi ezgu maqsadlarda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalarini, bu borada erishilayotgan yutuqlarni keng jamoatchilikka xolisona yetkazish ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan taqdirlandi.
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining el-yurt manfaati va Vatanimiz salohiyatini bundan-da yuksaklarga ko‘tarish, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ulug‘vor g‘oya va tashabbuslarning mohiyatini tezkorlik bilan xolis yoritish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatlari e’tirof etilgan mazkur tadbirda soha vakillari mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan jurnalistlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ularni yangi zafar va muvaffaqiyatlar sari ruhlantirayotganini alohida ta’kidladi.
O‘zA