Huquqiy ta’lim va ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Rossiyaning “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti huquq fakulteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibida fakultet dekani, yuridik fanlar doktori, professor Vadim Vinogradov, dekanning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Aleksandr Larichev hamda Xalqaro hamkorlik markazi direktori o‘rinbosari Oksana Shabarshova ishtirok etdi.
Muloqot davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv imkoniyatlari, qo‘shma ilmiy tadbirlar o‘tkazish hamda ilmiy nashrlar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, zamonaviy yuridik yo‘nalishlar, xususan, raqamli huquq, kiberxavfsizlik, xalqaro tijorat huquqi va yashil iqtisodiyot sohalarida tajriba almashish hamda qo‘shma o‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv huquqiy ta’lim sohasida tajriba almashish, ilmiy aloqalarni kengaytirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA