Hujjatsiz qolgan 7 nafar bola Vatanga qaytarildi
Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan onalar 7 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan og‘ir ijtimoiy holatda qolgani aniqlandi. Bolalarning birortasida ham shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda Bosh konsulxona tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Natijada bolalarga Vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi, aviachiptalar ta’minlandi, barcha fuqarolar O‘zbekistonga xavfsiz qaytarildi.
O‘zA