Harbiy qismda bir kun (+video)
Termiz tumanidagi harbiy qismlarning birida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi tashkil etildi.
Unda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari harbiy qismda bo‘lib, bir kun davomida harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir harbiy orkestrning tantanali chiqishlari bilan boshlandi. Ochilish marosimidan so‘ng yoshlar harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati, ichki tartib-qoidalari hamda yashash sharoiti bilan tanishtirildi. Shuningdek, saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari namoyish etilib, harbiy texnikalar va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ishtirokchilar poligonda o‘quv quroli yordamida o‘q otish mashg‘ulotlarini bajarib, o‘zlarini haqiqiy harbiy muhitda sinab ko‘rdi. Bu jarayon yoshlarning katta qiziqishi va faolligi bilan o‘tdi.
Tadbir davomida pichoq uloqtirish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Yakunda harbiy qism rahbariyati hamda mas’ul xodimlar bilan ochiq muloqot uyushtirilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
[gallery-27911]
“Harbiy qismda bir kun” loyihasi yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlar yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yurt himoyachisi bo‘lishga ruhlantirishga xizmat qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/whzvJByAitM" title="Harbiy qismda bir kun" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video),O‘zA