Futzal: talabalar ligasida nima gaplar?
Poytaxtimizda futzal boʻyicha talabalar ligasining navbatdagi 8-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Poytaxtimizda futzal boʻyicha talabalar ligasining navbatdagi 8-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Yurtimizdagi 12ta oliy oʻquv yurtida tahsil olishayotgan talabalar jamoalarini jamlagan ligada Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Irrigator” jamoasi hamon magʻlubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda. Peshqadam jamoa 8 turdan soʻng 24 ochko jamgʻargan. Keyingi oʻrinlarni Toshkentdagi menejmentni rivojlantirish Singapur instituti (21 ochko) hamda Xalqaro Vestminster universiteti (18 ochko) futzal jamoalari egallagan.





