Futbolchilarimiz “FIFA Series – 2026” g‘olibi
Toshkent shahrida futbol bo‘yicha xalqaro “FIFA Series – 2026” musobaqasi yakuniga yetdi.
Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi maydonga tushdi.
“Bunyodkor” stadionida kechgan bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi — 0:0.
G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda futbolchilarimiz 5:4 hisobida ustun kelib, musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa “FIFA Series – 2026” musobaqasi g‘olibi bo‘ldi. Venesuela esa ikkinchi pog‘onani egalladi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gabon hamda Trinidad va Tobago milliy terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobida jangovar durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Gabon 3:2 hisobida zafar quchib, musobaqani uchinchi o‘rin bilan yakunladi. Trinidad va Tobago esa to‘rtinchi pog‘onada qoldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA