Frontda hamshiralik qilgan onaxon
Buxoro shahridagi “Koʻksaroy” mahallasida Ikkinchi jahon urushi yillari frontda hamshiralik qilgan Oliya Ahmedova istiqomat qiladi.
9-may – Xotira va qadrlash kuni
Buxoro shahridagi “Koʻksaroy” mahallasida Ikkinchi jahon urushi yillari frontda hamshiralik qilgan Oliya Ahmedova istiqomat qiladi.
Rossiyaning Oltoy oʻlkasida tugʻilgan onaxon urush dahshatlarini oʻz boshidan kechirgan. Hamshira boʻlgani bois yaradorlarni davolash ishiga jalb etilgan. 1946-yilda harbiy boʻlgan turmush oʻrtogʻi bilan Oʻzbekistonga keladi.
Bugun viloyat hokimligi, mudofaa ishlari boshqarmasi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi vakillari ushbu xonadonda boʻlib, 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi bilan onaxonni qutladilar.
Prezidentimiz farmoniga koʻra Oliya Ahmedovaga 10 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti, “Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
–Hukumatimiz tomonidan biz, faxriylarga koʻrsatilayotgan hurmat va eʼtibordan baxtiyorman, — deydi Oliya buvi. – Har kuni duoga qoʻl ochib, tinchligimiz barqaror boʻlishini yaratgandan soʻrayman. Shukrki, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Mamlakatimiz obodligi, elimiz farovonligi yoʻlida ertayu kech tinmay mehnat qilayotgan muhtaram Prezidentimiz doim sogʻ boʻlsin.