FIFA final arafasida Argentinaga qarshi intizomiy ish ochdi, biroq sanksiyalar kechiktiriladi
Tashkilot turnir yakuniga qadar hech qanday jazo choralarini qo‘llamaydi.
FIFA Argentina terma jamoasi futbolchilarining Angliyaga qarshi o‘yindan keyingi xatti-harakatlari yuzasidan intizomiy ish ochadi, deb xabar bermoqda COPE nashri.
Biroq, tashkilot turnir yakuniga qadar hech qanday jazo choralarini qo‘llamaydi. Bu esa mojaroga aloqador bo‘lgan barcha argentinalik futbolchilarning bo‘lajak final uchrashuvida maydonga tushishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Mojaroga nima sabab bo‘ldi?
JCh-2026 yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng, Argentina terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatni o‘zgacha tarzda nishonlashgan. Futbolchilar maydonda "Malvin (Folkland) orollari argentinaliklarnikidir" deb yozilgan bannerni ko‘tarib chiqishgan.
Ma’lumot uchun: Ushbu orollar uzoq yillardan beri Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi jiddiy hududiy bahs predmeti hisoblanadi. FIFA qoidalariga ko‘ra, futbol maydonlarida siyosiy mazmundagi shiorlar va bannerlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.
Hal qiluvchi final bahsida Argentina terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.