FIFA Erondagi futbolchilarga boshqa jamoaga o‘tishga ruxsat berdi
Futbolchilarimiz 5-mayga qadar O‘zbekistonga qaytib faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Eron Pro-ligasida to‘p tepayotgan vakillarimiz O‘zbekistonga qaytishi mumkin.
Biroq Eron ushbu holatni shartli ravishda amalga oshirmoqda. Ya’ni futbolchilar boshqa klubga faqatgina ijara asosida yo‘l olishi mumkin. Futbolchilarimiz 5-mayga qadar O‘zbekistonga qaytib faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bundan tashqari agar yaqin sharqda vaziyat o‘zgarmasa ijara muddati cho‘zilishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Eron klublarida 5 nafar vakilimiz to‘p tepmoqda. Bular Oston O‘runov va Igor Sergeyev (Persepolis), Jaloliddin Masharipov va Rustam Ashurmatov (Istiqlol) hamda Odiljon Hamrobekov (Traktor).