Farg‘onada “Vazir kubogi” g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida ayol pedagog xodimlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i asosida respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etdi.
[gallery-29385]
Viloyat bosqichida 19 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Bellashuvlar Farg‘ona olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internati sport zalida ko‘tarinki ruh va murosasiz raqobat ostida kechdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Bag‘dod tumanidagi 15-maktab jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Yozyovon tumanidagi 21-maktab jamoasi ikkinchi, Rishton tumanidagi 25-maktab jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan topshirildi. Shuningdek, respublika bosqichida ishtirok etadigan jamoaga omad tiladi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA