Farg‘ona hayvonot bog‘idan fotoreportaj
Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ida tog‘ hayvonlari saqlanadigan bo‘lim ancha keng joyni egallagan. Sher, ayiq, to‘ng‘iz kabi hayvonlar maxsus qafaslarda saqlanadi. Shuningdek, bog‘da tog‘ qo‘yi, tog‘ echkisi, Afrika tuyaqushi, lama, maxsus hovuzlarda g‘ozlar, noyob baliqlar bor.
Hayvonot bog‘ida jonivorlarning sog‘lom o‘sishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Bu esa o‘z navbatida, noyob va ekzotik hayvonlar turini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur hayvonot bog‘i 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning maydoni 3,2 gektarga teng. Bugungi kunda maskanda turli o‘lkalardan keltirilgan 70 turdan ortiq 700 bosh hayvon va turli xildagi qushlar parvarish qilinadi. Bu yerda jonivorlar uchun tabiiy boshpanalar qurilib, yashash uchun sharoit yaratilgan.
[gallery-20331]
Amur yo‘lbarsi, qo‘ng‘ir ayiq, lama, poni, Afrika sheri, Kanada bo‘risi, kenguru, dengiz cho‘chqachasi kabi yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan jonivorlarni uchratish mumkin. So‘ngi yillarda hayvonot bog‘ida sudralib yuruvchilar, maymunlar, noyob turdagi jonivorlar ko‘paytirildi. Bundan tashqari, turli qushlar, dinozavr skeleti ushbu muassasaga tashrif buyurgan mehmonlarda katta taassurot qoldirmoqda.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA