Farg‘ona bog‘larida bahor nafasi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati bog‘larida bahor fasli o‘zining betakror tarovati bilan namoyon bo‘lmoqda. Ayni kunlarda mevali daraxtlar oppoq va pushti gullarga burkanib, atrof-muhitga o‘ziga xos latofat bag‘ishlamoqda.
Gullarga cho‘mgan bog‘lar tabiatning uyg‘onishidan darak berib, har bir inson qalbiga iliq bahoriy kayfiyat ulashadi. Ariqlarda jimirlab oqayotgan musaffo suvlar esa bu manzaraga fayz bag‘ishlab, tabiat go‘zalligini yanada yorqin namoyon etmoqda.
[gallery-28411]
Bu kabi go‘zal manzaralar yurtimizda bahor faslining nafosati, tabiatning yangilanishi va hayotning bardavomligini teran ifoda etadi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA