ESPN jahon chempionatining asosiy favoritlari reytingini yangiladi
Osiyo qit’asi yetakchisi sifatida qaralayotgan Yaponiya esa 15-o‘rinni egallagan.
Amerikaning ESPN sport portali mundial startiga 30 kun qolganida chempionlikka asosiy da’vogarlar reytingi taqdim etdi.
Reytingning birinchi o‘rinini Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi Ispaniya terma jamoasi band etib turibdi. Mutaxassislar terma jamoaning asosiy yulduzi Lamin Yamalning jarohat olganiga qaramay, ispanlarni turinirning asosiy favoriti deb bilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Fransiya terma jamoasi egallagan bo‘lsa, kuli uchlikka mundialning amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi yakun yasab beradi. Angliya va Braziliya terma jamoalari esa 4-va 5-o‘rinlarga joylashgan. Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya 6-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Germaniya terma jamoasi 7-pog‘onani band etgan. O‘zbekiston terma jamoasining yana bir guruhdoshi Kolumbiya esa 12-o‘rinda ko‘rsatilgan. Osiyo qit’asi yetakchisi sifatida qaralayotgan Yaponiya esa 15-o‘rinni egallagan.
Yangilangan reyting bilan tanishing:
1. Ispaniya
2. Fransiya
3. Argentina
4. Angliya
5. Braziliya
6. Portugaliya
7. Germaniya
8. Niderlandiya
9. Marokash
10. Norvegiya
11. Belgiya
12. Kolumbiya
13. Senegal
14. Xorvatiya
15. Yaponiya
Jahon chempionati bahslari 11-iyun kuni start oladi.